icon

Pochta:

info@ajou.uz
+998 71 207-65-66
icon

Qo'ng'iroqlar markazi

+998 71 208-69-69
+998 71 207-65-27

Toshkent shahridagi Adju universitetiga Janubiy Koreyaning Hansung universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi

Toshkent shahridagi Adju universitetiga Janubiy Koreyaning Hansung universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi

Toshkent shahridagi Adju universitetiga Janubiy Koreyaning Hansung universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi

Toshkent shahridagi Adju universitetida xalqaro akademik hamkorlikni kengaytirishga bag‘ishlangan Hansung universiteti (Janubiy Koreya) delegatsiyasi bilan rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Koreya delegatsiyasi tarkibida xalqaro va mintaqaviy hamkorlik bo‘yicha dekan Cha Moon Kyung, dekan o‘rinbosari Kim Young Il hamda xalqaro dasturlar rahbari Ahn Young Wook ishtirok etdi.

Mehmonlarni universitet rektori G'.Muratov, birinchi prorektori Kim Byung-Kwan, Arxitektura fakulteti dekani Oh Seok Kyu, shuningdek, universitet ma’muriyati vakillari kutib oldilar.

Muzokaralarning asosiy mavzusi Toshkent shahridagi Adju universiteti, Janubiy Koreyadagi Ajou universiteti va Hansung universiteti o‘rtasida «3+1» ikki diplomli ta’lim dasturini rivojlantirish bo‘ldi. Dastur «Interyer dizayni» yo‘nalishi bo‘yicha uch yil Toshkentda va bir yil Janubiy Koreyada tahsil olishni nazarda tutadi. Belgilangan akademik talablarni muvaffaqiyatli bajargan talabalar Hansung universitetining bakalavr darajasini olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Mazkur uchrashuv O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasidagi akademik hamkorlikni mustahkamlash hamda Toshkent shahridagi Adju universiteti talabalari uchun xalqaro ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.