icon

Pochta:

info@ajou.uz
icon

Qo'ng'iroqlar markazi

+998 71 207-65-25
+998 71 207-65-27

Kampus

Kampus

  

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 20 iyundagi “Toshkent shahrida Adju universitetini tashkil  etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 518-son qaroriga muvofiq, Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Asalobod ko‘chasi, 113-uyda joylashgan Yashnobod temir yo‘l kasb-hunar kolleji hamda Asalobod ko‘chasi, 113A-uyda joylashgan Yashnobod qurilish kasb-hunar kollejiga tegishli hududlari bilan birgalikda Toshkent shahridagi Adju universitetiga berildi.

Universitetga berilgan mazkur inshootlarni rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash va jihozlash ikki bosqichda amalga oshirildi.

  

Dastlabki bosqichda, 2020 yil universitetning bosh binosi – sobiq Yashnobod qurilish kasb-hunar kolleji zamonaviy uslubda qayta taʼmirlandi. Universitet kampusi  rivojlangan davlatlar, Koreya Respublikasining nufuzli oliy taʼlim muassasalari standartlari asosida taʼmirlandi.

O‘quvchilarning taʼlim olishi uchun 27 ta shinam va keng auditoriyalar jahon standartlariga mos tushadigan barcha zamonaviy jihozlar bilan to‘liq taʼminlandi.

Kompyuter xonalari eng so‘nggi rusumdagi kompyuter, printer, videoproyektorlar bilan jihozlandi.

  

Universitet hududida cheksiz internet xizmatlari ko‘rsatilishi joriy etildi.

Anjumanlar zali 280 kv.m. maydonga ega bo‘lib, zamonaviy jihoz va mebellar bilan to‘liq taʼminlangan.

Xavfsizlikni taʼminlash maqsadida binoning har tarafiga videokuzatuv moslamalari o‘rnatilgan.

Binoning tashqi va ichki qismi obodonlashtirilib, turli manzarali va mevali daraxtlar ekildi. Hududda 2,2 ming kv.m. maydonga ega avtoturargoh barpo qilingan.