icon

Pochta:

info@ajou.uz
+998 71 207-65-66
icon

Qo'ng'iroqlar markazi

+998 71 208-69-69
+998 71 207-65-27

Adju universitetida kiberxavfsizlik bo‘yicha suhbat o‘tkazildi

Adju universitetida kiberxavfsizlik bo‘yicha suhbat o‘tkazildi

Adju universitetida kiberxavfsizlik bo‘yicha suhbat o‘tkazildi

TOSHKENT SHAHRIDAGI ADJU UNIVERSITETIDA KIBERXAVFSIZLIK BO‘YICHA PROFILAKTIK SUHBAT O‘TKAZILDI

2026-yil 1-oktabr kuni universitetining talabalar turar joyida yashovchi talabalar bilan soha mutaxassislari ishtirokida kiberxavfsizlik va kiberfiribgarlikning oldini olish bo‘yicha profilaktik suhbat o‘tkazildi.

Suhbat davomida Telegram orqali tarqatilayotgan zararli APK fayllardan himoyalanish, notanish fayllarni ochmaslik va o‘rnatmaslik, shaxsiy ma’lumotlar hamda akkauntlar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, talabalarga “Apk Qo‘riqchi” ilovasini Android qurilmalariga o‘rnatish va undan foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar berildi.

Uchrashuv yakunida talabalarga internet va messenjerlardan foydalanishda hushyor bo‘lish, shubhali havola va fayllarga ishonmaslik hamda kiberfiribgarlikning oldini olish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.