icon

Pochta:

info@ajou.uz
+998 71 207-65-66
icon

Qo'ng'iroqlar markazi

+998 71 208-69-69
+998 71 207-65-27

Toshkent shahrida II Korea–Uzbekistan Energy Value Networks Forum muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

 Toshkent shahrida II Korea–Uzbekistan Energy Value Networks Forum muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

Toshkent shahrida II Korea–Uzbekistan Energy Value Networks Forum muvaffaqiyatli o‘tkazildi.


 2026-yil 30-iyun – 1-iyul kunlari Toshkent shahridagi Adju universiteti hamda uning huzuridagi Energetika mutaxassislarini tayyorlash Markazi (EETC) tomonidan KOWEPO va KOICA bilan hamkorlikda tashkil etilgan II Korea–Uzbekistan Energy Value Networks Forum bo‘lib o‘tdi.

 Forumda O‘zbekiston va Koreya Respublikasining davlat idoralari, energetika sohasidagi yetakchi kompaniyalar, xalqaro tashkilotlar, investorlar, olimlar hamda ekspertlardan iborat 200 dan ortiq vakil ishtirok etdi.

 Tadbirning ochilish marosimida Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Won Do-yeon, O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi vakillari, Korea Western Power (KOWEPO), KOICA, shuningdek, KainoX, Quantum Solution, SN, Nuri Flex va AptN kabi Koreyaning yetakchi kompaniyalari rahbarlari qatnashdi.

 Forumning birinchi kuni energetika sohasidagi zamonaviy texnologiyalar, yashil iqtisodiyot, raqamli transformatsiya, investitsiya imkoniyatlari hamda ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan yalpi sessiyalar tashkil etildi.

 Ikkinchi kuni B2B uchrashuvlari doirasida davlat idoralari, biznes vakillari hamda investorlar o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazildi. Uchrashuvlar yakunida qator hamkorlik memorandumlari va kelishuvlar imzolanib, energetika sohasidagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishildi.