icon

Qo'ng'iroqlar markazi

+998 71 208-69-69
+998 71 207-65-66
icon

Qo'ng'iroqlar markazi

+998 71 207-65-25
+998 71 207-65-27

"International Winter School 2026" — dasturning to'rtinchi kuni maroqli va esda qolarli lahzalarga boy bo‘ldi!

Blog Details

"International Winter School 2026" — dasturning to'rtinchi kuni maroqli va esda qolarli lahzalarga boy bo‘ldi!

Dastur yakunlanib borar ekan, har bir kun ishtirokchilar uchun yangi taassurotlar, kuchli his-tuyg‘ular va mazmunli voqealar bilan to‘ldi. Bu kunlar barchaning xotirasida iliq va yorqin iz qoldirdi.

To‘rtinchi kun davomida Koreya Respublikasidan kelgan talabalar KOTRA — Janubiy Koreyaning savdo va investitsiyalarni rivojlantirish agentligining O‘zbekistondagi ofisi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Uchrashuv davomida ular xalqaro hamkorlik, ish yuritish va amaliy jarayonlar haqida foydali bilimlarga ega bo‘lishdi.

Ma’ruzadan so‘ng mehmonlar Toshkent shahrida joylashgan “Rishton” choyxonasida bo‘lib, bu yerda ularga milliy taomimiz — palovni tayyorlash jarayoni namoyish etildi. Tushlik paytida talabalar o‘zbek taomlarining betakror ta’midan bahramand bo‘lib, milliy hunarmandchilik namunalari, shuningdek, an’anaviy musiqa va raqs san’ati bilan tanishdilar.