icon

Pochta:

info@ajou.uz
icon

Qo'ng'iroqlar markazi

+998 71 207-65-25
+998 71 207-65-27

Adju universitetida “Green Global Challenge” hackathoni bo‘lib o‘tdi

Blog Details

Adju universitetida “Green Global Challenge” hackathoni bo‘lib o‘tdi

Adju universitetida “Green Global Challenge” hackathoni bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahridagi Adju universitetida o‘zbek va janubiy koreyalik yoshlar o‘rtasida ekologik yechimlar bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish maqsadida tarixda ilk bor “Green Global Challenge” hackathoni bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tadbirda Inha, Ulsan universiteti (Janubiy Koreya) hamda Toshkent shahridagi Adju va Inha universitetlari vakillari ishtirok etdi.

Ikki mamlakat professorlari talabalar o‘rtasida iqlim o'zgarishi bo'yicha xabardorlikni oshirish va muammolarni hal qilish ko'nikmalarini rivojlantirish maqsadida talabalarga ustozlik qilishdi. Xalqaro jamoalarda ishlash orqali talabalar global ekologik muammolar va hamkorlik haqida chuqurroq bilimlarga ega bo'lishdi.

Tadbir hackathon talabalar yutuqlarini nishonlash uchun sertifikat topshirish marosimi bilan yakunlandi. Ushbu besh yillik dastur Koreya va O'zbekiston o'rtasidagi madaniy almashinuv va barqarorlik bo'yicha xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan doimiy aloqalarga aylanishi kutilmoqda.

So‘ngra, ikki mamlakat talabalari O‘zbekistonning tegishli ob’yektlariga tashrif buyurib, iqlim muammolarini hal qilish bo‘yicha o‘z bilimlarini yanada kuchaytirdilar.