icon

Pochta:

info@ajou.uz
icon

Qo'ng'iroqlar markazi

+998 71 207-65-25
+998 71 207-65-27

Adju universitetida Koreya iqlim o‘zgarishi instituti direktori Yong Won Shin rahbarligidagi mutaxassislar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Blog Details

Toshkent shahridagi Adju universitetida bugungi kunda global muammolardan biri — iqlim o‘zgarishiga qarshi o‘z loyihalari bilan tashrif buyurgan koreyalik mutaxassislar bilan uchrashuv tashkil etildi.

O‘zbekistonda issiqxona gazlari emissiyasini kamaytirish va muqobil energiyadan foydalanish samaradorligini oshirishga qaratilgan ushbu uchrashuvda Carbon Solution departamenti rahbari Endi Xong o‘z biznes taklifini taqdim etdi.

Uchrashuv davomida Koreya Respublikasining Koreya Energetika Agentligi tomonidan O‘zbekistonda g‘o‘zapoya chiqindilaridan yangi muqobil energiya mahsuloti ¬ bio-yoqilg‘i (pellet) ishlab chiqarishni tatbiq qilish orqali, mahsulot uzoq vaqt yonishi, uglerod emissiyasini kamaytirishi va tabiiy gazga nisbatan tejamkor bo‘lishi alohida ta’kidlab o‘tildi.

So'ngra universitet rektori Gayrat Muratov iqlim o‘zgarishi borasidagi barcha tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashini ta’kidlab, hamkorlikda energetika sohasidagi mutaxassislarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash maqsadida Adju universiteti qoshida ochilgan "Energetika bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash markazi” faoliyati haqida ham so‘z yuritdi.