icon

Pochta:

info@ajou.uz
icon

Qo'ng'iroqlar markazi

+998 71 207-65-25
+998 71 207-65-27

Venetsiya arxitektura Biennalesi 2023 va AUT talabalari

Blog Details

Venetsiya arxitektura Biennalesi 2023 va AUT talabalari

“Chambarchas rishta: zamonaviylikka nisbatan o‘tmish” loyihasi Venetsiya me’morchilik biennalesidagi O‘zbekiston milliy pavilioni uchun “Studio KO” va Toshkent shahridagi Adju universiteti Arxitektura fakulteti talabalarining mushtarak sa’y-harakatlari bilan yaratilgan.

Kuni kecha talabalar “Studio KO” hammuassisi Olivye Marti hamrohligida pavilionga birga tashrif buyurib, o‘zlarining dastlabki g‘oya va topilmalari qay tarzda ko‘rgazmaning qoq markazidagi g‘ishtin labirint tusida qad rostlab O‘zbekiston madaniy merosi rishtalarini Venetsiya bilan uzviy bog‘lagani haqida hikoya qilib berdilar.

Tashrif doirasida talabalar bir hafta mobaynida ko‘rgazmaning birlamchi mavzulari hisoblanmish arxaizm va zamonaviylikni Venetsiya shahar makoni manzarasida tadqiq etadilar.