Toshkent Shahridagi Adju Universiteti rektori G. Muratov Koreyaning 2-"K-suv jamiyati" xalqaro konferensiyasida ishtirok etdi.
Konferensiyada O‘zbekiston hududlarida suvni tejamkorligini oshirish, suvni qayta ishlash va tozalash shuningdek Markaziy Osiyo davlatlarida kutilayotgan suv tansiqligini oldini olish masalalari muhokama qilindi.
Tadbir davomida Toshkent Shahridagi Adju universiteti, Koreyaning “K-water" xalqaro tashkiloti hamda “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Ushbu hujjatga muvofiq tashkilotlar o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi kelishildi.
Konferensiya yakunida "Innovator suv muhandislik g‘oyalari” konkursining g‘oliblari taqdirlandi. Jumladan tanlovning “Kelajak yulduzi” nominatsiyasida Toshkent Shahridagi Adju Universiteti talabalari g‘olib deb topildi.