Toshkent shahridagi Adju Universitetida Koreya milliy bayrami Chusokga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi
Har yili an'anaviy tarzda nishonlanadigan ushbu tantana «Xosil bayrami» degan ma'noni anglatadi. U odatda oy taqvimi bo‘yicha sakkizinchi oyning 15 kunidan boshlab uch kun davomida nishonlanadi. Bu sana kuzgi yig‘im-terim paytiga to‘g‘ri keladi.
Koreyada shu kunlari dasturxon atrofiga uzoq-yaqindagi qarindoshlar, oila a'zolari, tanish-bilishlar to‘planadi.
AUTdagi o‘tkazilgan bayram koreys professorlari hamkorligida tashkil etildi. Bayram tantanasida koreys milliy qo‘shiqlari, raqslari ijro etildi.
Bayram tantanasida so‘zga chiqqanlar, ikki xalqning o‘zaro do‘stligi, milliy urf-odatlari, mamlakatlarimiz o‘rtasida tobora mustahkamlanib borayotgan munosabatlar alohida ta'kidlab o‘tildi