icon

Pochta:

info@ajou.uz
icon

Qo'ng'iroqlar markazi

+998 71 207-65-25
+998 71 207-65-27

Adju universitetining 50 yilligi

Blog Details

Adju universitetining 50 yilligi

Bundan 50 yil oldin 1973-yilda Koreya Respublikasi va Fransiya hukumatlari oʻrtasida ta’lim sohasini rivojlantirish toʻgʻrisida imzolangan shartnomaga asosan «XXI asrning eng yaxshi universiteti» shiori asosida Adju universiteti tashkil etilgan. 

Dastlabki yillarda universitet muhandislikka ixtisoslashgan ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha mutaxassislarni yetishtirib chiqargan. Universitetning rivojlanish bosqichlarida mashinasozlik, sanoatni boshqarish, tibbiyot va arxitektura kabi koʻplab yoʻnalishda ta’lim bera boshladi. Hozirgi kunga kelib Adju univeristetida 40 dan ortiq ta’lim yoʻnalishlarida 14000 ga yaqin talabalarga 700 dan ortiq professorlar ta’lim bermoqda. 

O’tgan yarim asr ichida Adju universiteti Koreyadagi eng muvafaqqiyatli oliy ta’lim dargohlaridan biriga aylandi. Universitet jahonning QS (QS World University Rankings) universietetlar reytingida 488-oʻrinni, Koreya universitetlarida ichida 
8-oʻrinni, dunyoda sanoat daromadlari kategoriyasi boʻyicha 162-oʻrinni egallab kelmoqda. 2021-yilda Adju universiteti Koreya universitetlari orasida texnologiyaning rivojlanganlik darajasi bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinni egalladi. 

Adju universiteti texnologiyalarni tijoratlashtirish orqali tadqiqot yutuqlaridan maksimal darajada foydalanib, yirik kompaniyalar va mamlakatning raqobatbardoshligini oshirishga, aholini bandligini ta’minlashga ulkan hissa qoʻshib kelmoqda. Universitet dunyoning 70 dan ortiq ta’lim muassasalari bilan aloqalar oʻrnatib, turli xil dasturlar doirasida hamkorlik qilib kelmoqda. 

Bugun o‘tkazilgan Adju universitetining 50 yillik yubiley marosimida universitetning rektori Muratov Gayrat Azatovich hamda birinchi prorektori Lim Jay Ick ishtirok etdi.