Hurmatli talabalar! Koreya Respublikasining Adju universitetida oʻqishni xoxlaysizmi? Bu imkoniyatni qoʻldan boy bermang. Tanlovda ishtirok eting va mart oyidan boshlab Koreyada bir semestr ta’lim oling. Batafsil ma’lumotlar uchun: https://t.me/aut_exchange_program
2023-yil 6-noyabr kuni Adju universitetida prezidentlik saylovi boʻlib oʻtdi! Ko’p ovoz to‘plagan holda katta farq bilan O'ktamov Shaxboz 2023/2024 o‘quv yili uchun Adju Universiteti talabalar kengashi prezidenti etib saylandi.
Aleksandr Fedorov - modernist arxitektura ishqibozi va tadqiqotchisi. @tashkent_modernism loyihasi muallifi va Toshkent modernizmiga oid bir qancha e'lonlarning grafik dizayneri va mediarassomidir. 25-oktabr kuni u Toshkentdagi Adju Universitetining Arxitektura fakulteti talabalari uchun “Toshkent modernizmi” mavzusida maxsus muzokara o‘tqazdi. Alexander Fedorov is a modernist architecture enthusiast and researcher. He is the author of the project @tashkent_modernism and the graphic designer and media artist of several posters related to Tashkent Modernism. On October 25, he gave a special lecture on Tashkent Modernism to the students of Ajou University's Architecture department in Tashkent.
Bugun 23-oktabr kuni Adju universitetining (Koreya Respublikasi) bir guruh rahbar hodimlari Toshkent shahridagi Adju universitetiga tashrif buyurdi. AUT loyihasi rahbari janob Ho Han boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Adju universitetining (Koreya Respublikasi) vitse prezidentlari Mincheol Kang va Jeong-Houn Son, bo'lim boshliqlari Jeong Yong va Ju A Chang Universitet faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Universitet rektori G. Muratov bilan bo’lgan uchrashuvda Toshkent shahridagi Adju Universiteti faoliyatini yanada izchil yo‘lga qo‘yish, hamkorlikni tizimli rivojlantirish va boshqa bir qancha istiqbolli masalalar muhokoma qilindi.
20-oktyabr kuni go'zal universitetimiz hududida Cinefiesta uslubida Freshmen party bo'lib o'tdi. Bu qiziqarli, musiqa va raqsga boy unutilmas voqea bo'ldi. DJ Lee o'zining zamonaviy musiqiy kompozitsiyalari bilan o'ziga xos muhit yaratdi. Kecha yulduzlari sifatida “Raqs” klubining iqtidorli qizlari o‘z chiqishlari bilan barchani lol qoldirdi. Bundan tashqari, mehmonlar uchun turli xil shirinliklar va ichimliklardan iborat "foodzone" tashkil etildi. Birinchi kurs talabalarini o'zini katta Adju oilasining bir a'zosidek his qilishi uchun qulay va do'stona muhit yaratildi.
Shvetsariya davlatining Arxitektura Muzeyining vakili Yuma Shinohara tomonidan Adju talabalari uchun mahorat darsi o'tkazildi. Professor Yuma Shinohara talabalarga Shvetsariya muzeyining tajribalari va faoliyati bilan o'rtoqlashdi. Ma'ruza qiziqarli faktlar, misollar va ilhomlantiruvchi g'oyalardan tashkil topdi. Tadbir davomida, Shvetsariya Arxitektura Muzeyi direktori janob Andra Ruby ishtirokida tashkilotlar o'rtasida hamkorlik memorandumi rasmiylashtirildi.