28-oktabr kuni Toşkent şahridagi Hilton mehmonxonasida Xitoyning Siçuan provinsiyasi Ta’lim departamenti tomonidan taşkil etilgan oliy ta’lim taqdimoti bölib ötdi. Unda Toşkent şahridagi Adju universiteti vakillari ham iştirok etdilar.
Tadbir Xitoy va Özbekiston oliy ta’lim muassasalari örtasida akademik almaşinuvni rivojlantiriş, tajriba almaşiş va hamkorlik aloqalarini kengaytirişga bağişlandi.
Dastur doirasida Xitoy universitetlarining taqdimotlari va ta’lim imkoniyatlari körgazmasi taşkil etildi. Unda Siçuan arxitektura va quriliş universiteti, Siçuan politexnika universiteti, şuningdek, muhandislik, texnologiya yönalişidagi boşqa oliy ta’lim muassasalari vakillari öz imkoniyatlarini namoyiş etdilar.
Tadbir Adju universiteti vakillariga Siçuan provinsiyasidagi oliy ta’lim muassasalari tajribasi bilan tanişiş va istiqbolli hamkorlik yönalişlarini örganiş imkonini berdi.
Adju universiteti xalqaro akademik aloqalarni kengaytiriş va ta’lim hamda ilmiy hamkorlikni rivojlantirişga alohida e’tibor qaratadi.