28-oktabr kuni Toshkent shahridagi «O‘zbekiston» xalqaro anjumanlar saroyida bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo xalqaro ta’lim forumida Adju universiteti rektori, professor G‘. Muratov, universitet dekanlari va professorlari ishtirok etdilar.
Forum 40 dan ortiq mamlakat vakillari, soha vazirliklari, yetakchi universitetlar hamda xalqaro tashkilotlar rahbarlarini bir maydonda jamladi.
Forum doirasida mamlakatlar va oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvini kengaytirish, ilmiy tadqiqotlar hamda sun’iy intellekt sohasidagi imkoniyatlarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Xalqaro hamkorlik, ilm-fan va zamonaviy ta’lim dasturlarini rivojlantirish Toshkent shahridagi Adju universitetining ustuvor yo‘nalishlaridandir. Koreya ta’lim tajribasi va O‘zbekiston yoshlarining salohiyatini uyg‘unlashtirgan holda, universitet xalqaro muhitda faoliyat yurita oladigan, o‘z bilim va ko‘nikmalarini mamlakat hamda mintaqa rivoji yo‘lida qo‘llaydigan mutaxassislarni tayyorlashga intiladi.
Adju — xalqaro hamkorlik, zamonaviy bilim va yangi imkoniyatlar sari!