Toshkent shahridagi Adju universiteti talabalari va professor-o‘qituvchilari oliy ta’lim muassasalari, talabalar hamda Janubiy Koreyadagi ta’lim imkoniyatlariga qiziquvchi barchani birlashtiruvchi “Study in Korea” ta’lim ko‘rgazmasida ishtirok etdilar.
Universitetimiz uchun bunday tadbirlarda qatnashish Janubiy Koreya bilan akademik va madaniy aloqalarni mustahkamlash, tajriba almashish hamda xalqaro ta’lim hamjamiyatining faol a’zosiga aylanish uchun yana bir muhim imkoniyatdir.
Adju — Koreya ta’limi va xalqaro imkoniyatlar talabalik hayotining ajralmas qismiga aylanadigan maskan.