icon

Pochta:

info@ajou.uz
+998 71 207-65-66
icon

Qo'ng'iroqlar markazi

+998 71 208-69-69
+998 71 207-65-27

Talabalar almashinuv dasturi — 2027-yil bahori

Talabalar almashinuv dasturi — 2027-yil bahori

Talabalar almashinuv dasturi — 2027-yil bahori

JANUBIY KOREYADA O‘QISH — 2027-YIL BAHORGI SEMESTRIGA QABUL BOSHLANDI!
 

Toshkent shahridagi Adju universiteti talabalari uchun akademik almashinuv dasturi asosida Janubiy Koreyaning Adju universitetida to‘liq bir semestr davomida tahsil olish imkoniyati paydo bo‘ldi!
 

Dastur nimalarni taklif etadi?

— 2027-yilning 2-martidan 21-iyuniga qadar Koreyada ta’lim olish
— O‘qish xarajatlarining qabul qiluvchi universitet tomonidan AUT orqali qoplab berilishi
— Taxminan 750 000 KRW miqdorida grant olish imkoniyati
— Xalqaro akademik tajriba orttirish va koreys madaniyati bilan yaqindan tanishish


Kimlar ishtirok etishi mumkin?

2024 yoki 2025-yilda o‘qishga kirgan, CGPA ko‘rsatkichi 3.0/4.5 bo‘lgan hamda TOPIK 2+ yoki IELTS 5.5+ (Reading va Listening bo‘limlari — kamida 5.5) sertifikatiga ega bo‘lgan 2–3-kurs talabalari.
 

Ajratilgan o‘rinlar soni: 12 ta

Ariza topshirishning oxirgi muddati: 2026-yil 1-noyabr, soat 23:59.

Ariza topshirish: Ro‘yxatdan o‘tish

Ishtirok etish shartlari, mavjud yo‘nalishlar va kerakli hujjatlar haqidagi batafsil ma’lumot ilova qilingan faylda keltirilgan.

Dunyoqarashingizni kengaytirish va Janubiy Koreyada unutilmas ta’lim tajribasiga ega bo‘lish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!