icon

Pochta:

info@ajou.uz
+998 71 207-65-66
icon

Qo'ng'iroqlar markazi

+998 71 208-69-69
+998 71 207-65-27

REKTOR VA YOSHLAR UCHRASHUVI

REKTOR VA YOSHLAR UCHRASHUVI

REKTOR VA YOSHLAR UCHRASHUVI

2026-yil 8-oktabr kuni Toshkent shahridagi Adju universitetida “Rektor va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi.
 

Uchrashuv davomida universitet rektori, professor G. Muratov, talaba-yoshlar bilan bevosita muloqot qilib, ularning ta’lim jarayoni, qiziqishlari, tashabbuslari, mavjud muammolari va takliflari bilan yaqindan tanishdi.
 

Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan fikr va takliflarini bildirdilar. Bildirilgan murojaatlar muhokama qilinib, yoshlarning ta’lim olishi, shaxsiy va kasbiy rivojlanishi hamda kelgusidagi maqsadlariga erishishi bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
 

Mazkur uchrashuv universitet rahbariyati va talabalar o‘rtasida ochiq, bevosita va konstruktiv muloqotni mustahkamlashga xizmat qildi.
 

Yoshlarning fikri — muhim. Tashabbuslari esa universitet taraqqiyotining muhim omilidir.