icon

Pochta:

info@ajou.uz
+998 71 207-65-66
icon

Qo'ng'iroqlar markazi

+998 71 208-69-69
+998 71 207-65-27

Milliy qadriyatlar — millatimiz ko‘zgusi

Milliy qadriyatlar — millatimiz ko‘zgusi

Milliy qadriyatlar — millatimiz ko‘zgusi

Toshkent shahridagi Adju universitetida “Juma – milliy liboslar kuni” doirasida davra suhbati o‘tkazildi

Toshkent shahridagi Adju universitetida har juma kuni milliy liboslarda ish va ta’lim faoliyatini olib borish an’anaga aylanib bormoqda.

Mazkur tashabbus doirasida 2026-yil, 2-oktabr kuni talabalar ishtirokida “Milliy qadriyatlar — millat ko‘zgusi” mavzusida davra suhbati ham tashkil etildi.

Suhbat davomida milliy qadriyatlarimiz, urf-odat va an’analarimizni asrab-avaylash, yoshlar qalbida milliy o‘zlik va Vatanga muhabbat tuyg‘ularini yanada mustahkamlash, shuningdek, milliy liboslarimizning madaniy hayotimizdagi o‘rni haqida fikr almashildi.

Tadbir davomida ishtirokchilar milliy liboslarimizning o‘ziga xosligi, ularning xalqimiz tarixi va madaniy merosini aks ettirishdagi ahamiyati haqida o‘z fikrlarini bildirdilar.