icon

Pochta:

info@ajou.uz
+998 71 207-65-66
icon

Qo'ng'iroqlar markazi

+998 71 208-69-69
+998 71 207-65-27

1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni

1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni

1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni

Hurmatli ustozlar va murabbiylar!

Sizlarni 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.

Ustozlik — oddiy kasb emas. Bu — inson taqdiriga ta’sir qilish, yosh avlodga bilim bilan birga ishonch, maqsad va to‘g‘ri yo‘l bera olishdek ulkan mas’uliyatdir.

Bugun universitetimizda erishilayotgan har bir natija, talabalarimizning har bir yutug‘i ortida professor-o‘qituvchilarimizning mashaqqatli mehnati, bilim va tajribasi, fidoyiligi mujassam.

Ayniqsa, bugungi tez o‘zgarayotgan dunyoda ustozning vazifasi faqat bilim berish bilan cheklanmaydi. U yoshlarni fikrlashga, izlanishga, mas’uliyatli qaror qabul qilishga va global raqobatga tayyor bo‘lishga o‘rgatadi.

Toshkent shahridagi Adju universiteti jamoasi nomidan barcha professor-o‘qituvchilar va murabbiylarga mehnatingiz, sadoqatingiz va universitetimiz taraqqiyotiga qo‘shayotgan munosib hissangiz uchun samimiy minnatdorchilik bildiraman.

Sizlarga mustahkam sog‘liq, oilaviy farovonlik, ilmiy va pedagogik faoliyatingizda yangi zafarlar, shogirdlaringiz yutug‘idan faxrlanib yashash baxtini tilayman.

Aziz ustozlar, bayramingiz muborak bo‘lsin!

Siz yaratayotgan eng buyuk asar — bu kelajak avloddir.


Hurmat bilan,
Toshkent shahridagi Adju universiteti rektori
G‘ayrat Muratov