icon

Pochta:

info@ajou.uz
+998 71 207-65-66
icon

Qo'ng'iroqlar markazi

+998 71 208-69-69
+998 71 207-65-27

Har kuni kurash, har kuni o‘sish

Har kuni kurash, har kuni o‘sish

Har kuni kurash, har kuni o‘sish

Stajyorlik paytimda deyarli har kuni o‘zimga shunday derdim: "Bugun oxirgi ish kunim". Charchoq, shubha, qo‘rquv — hammasi bor edi. Ammo har safar uyga qaytganimda xotinim va o‘g‘limni ko‘rib, yana davom etishga kuch topardim.

Men ITga oson kirib kelmaganman. Oilali, tajribasiz, daromadsiz talaba edim. 3-kurs yozida “TAD INDUSTRIES” da stajyor bo‘ldim va front-endni noldan o‘rgandim. Kechani kunduzga ulab video ko‘rdim, kitob o‘qidim, mashq qildim.

Eng katta motivatsiya — mas’uliyat edi.

Bugun men Middle Software Engineer va AI Engineer sifatida ishlayapman. Universitetni tugatdim. Ammo bu yo‘l tugamadi — endi maqsadlar kattaroq: Senior, Team Lead va undan ham yuqorisi.

Agar hozir qiynalayotgan bo‘lsang, esda tut:

Seni ushlab turgan narsa — sening sababingdir. Uni top va davom et.