icon

Qo'ng'iroqlar markazi

+998 71 208-69-69
+998 71 207-65-66
icon

Qo'ng'iroqlar markazi

+998 71 207-65-25
+998 71 207-65-27

Аdju universiteti ilk bor TOP-400 reytingida.

Blog Details

Аdju universiteti ilk bor TOP-400 reytingida.

Adju universiteti ilk bor Times Higher Education (THE) ning 2026-yilgi reytingiga ko‘ra dunyodagi eng yaxshi 400 ta universitet qatoridan joy oldi. Janubiy Koreyaning ko‘p tarmoqli universitetlari orasida universitet 8-o‘rinni egalladi.

THE World University Rankings 2026 reytingi dunyoning 115 mamlakatidan 2 191 ta universitet faoliyati baholandi. Baholash beshta asosiy toifaga birlashtirilgan 17 ta ko‘rsatkich asosida amalga oshirildi: ta’lim sifati, ilmiy-tadqiqot muhiti, tadqiqotlar sifati, xalqaro faoliyat va sanoat bilan hamkorlik. THE reytingi nafaqat obro‘-e’tiborga, balki ta’lim va ilmiy faoliyatning amaliy sharoitlariga ham alohida e’tibor qaratishi bilan ajralib turadi.Ta'kidlash lozimki, Adju universiteti 2024 va 2025-yillarda TOP-500 likka kirgan edi. 2026-yilda TOP-400 ga kirishi universitetning barqaror va izchil rivojlanayotganidan dalolat beradi.