Toshkent shahridagi Adju universiteti nufuzli "Science & Innovation" ilmiy jurnali reytingiga ko‘ra eng yaxshi oliy ta’lim muassasalari o‘ntaligidan joy egalladi.
Bundan tashqari, Toshkent shahridagi Adju universiteti professorlari Yu. Badelbayeva va Z. Xabirovaning ilmiy ishlanmalari 2025-yilning TOP-10 "Ilmiy nashri" nominatsiyasidan o'rin oldi.
Taqdirlash marosimida universitet rektori, professor G. Muratov jurnal tomonidan 2025-yilning eng yaxshi olimi deb topilgan professorlarga mukofot topshirdi.