Qishning sovuq kunlariga qaramay, kampus bo‘ylab uyushtirilgan sayohat xotirada qoladigan bo‘ldi. Bu kunda maktab va litsey o‘quvchilari Adjudagi ta’lim muhiti va talabalar hayoti bilan yaqindan tanishdilar.
Universitet xodimlari va volontyorlar kampusdagi ta’lim imkoniyatlari va kundalik turmush tarzi haqida batafsil ma’lumot berdilar, professorlar esa fakultetlarni tanishtirish bilan birga mehmonlarning savollariga batafsil javob berdilar. Tadbirning yakuni faol talabalarning raqs chiqishlari bilan bo‘lajak abituriyentlarni xushnud etib va bayramona kayfiyat ulashdi.