Xakaton doirasida ishtirokchilar zamonaviy raqamli texnologiyalardan foydalangan holda dolzarb muammolarni hal etishga qaratilgan o‘z startap loyihalarini taqdim etdilar. Jamoalar ijodiy fikrlash, amaliy ko‘nikmalar hamda qisqa vaqt ichida innovatsion yechimlar ustida samarali ishlash qobiliyatini namoyon etdilar.
Taqdim etilgan loyihalarning aksariyatini O‘zbekistonda amaliyotga tatbiq etish rejalashtirilmoqda. Bu esa iqtidorli talabalarni tayyorlayotgan professor-o‘qituvchilarning yuksak kasbiy mahoratini hamda loyihalarning real sharoitlarda muvaffaqiyatli amalga oshirilishini tasdiqlaydi.