icon

Qo'ng'iroqlar markazi

+998 71 208-69-69
+998 71 207-65-66
icon

Qo'ng'iroqlar markazi

+998 71 207-65-25
+998 71 207-65-27

Toshkent shahridagi Adju universitetida yetakchi universitetlarning talabalari o‘rtasida notiqlik san’ati bo‘yicha  - "International Voices Summit 2025" tanlovining grand finali keng ko‘lamda o'tkazildi.

Blog Details

Finalda O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarining eng sara notiqlari TED Talks formatida yorqin so‘zlab, o‘zlarining ishonchini, fikrlarining chuqurligini va so‘z qudratini namoyon etdilar. Universitetning professor-o‘qituvchilari, talabalari va xodimlari finalistlarga faol qo‘llab-quvvatlashi kuchli g‘oyalar va yuqori darajadagi nutqlarni birlashtirgan bu voqeaning ajralmas qismiga aylanishdi.

Mazkur tadbir "Ingliz filologiyasi va menejment" fakulteti kafedrasi tomonidan o‘tkazilib ingliz tilida olib borildi. Chet ellik professorlar, fan doktorlari va dotsentlar talabalarning chiqishlarini yuqori baholadilar.