2026-yil uchun Adju universitetining rasmiy taqvimi endi talabalarning ijodiga asoslanadi! Har bir fakultet talabalari o‘z sahifasini mustaqil yoki jamoa bo‘lib bezash imkoniyatiga ega.
Eng original va kreativ ishlanmalar mualliflari qimmatbaho sovrinlar bilan taqdirlanadi!
Tanlovning asosiy mazmuni shundan iboratki, taqvimning har bir oy sahifasi — talabalar nigohi, uslubi va ijodiy yondashuvi bilan yaratiladi. Natijada taqvim chinakamiga yorqin, jonli va betakror bo‘ladi.
“Fakultetingni tasvirla” nomli mazkur tanlov bugundan start oldi va 10-dekabrgacha davom etadi.
O‘ylagan g‘oyalaringizni shakllantiring — ijodingizni ko‘rsatish vaqti ayni payti!