icon

Qo'ng'iroqlar markazi

+998 71 208-69-69
+998 71 207-65-66
icon

Qo'ng'iroqlar markazi

+998 71 207-65-25
+998 71 207-65-27

Toshkent shahridagi Adju universitetida yangi semestrning ilk Open Day’i yorqin tarzda start oldi!

Blog Details

Toshkent shahridagi Adju universitetida yangi semestrning ilk Open Day’i yorqin tarzda start oldi!

Bu safar tadbir iMart — Koreya mahsulotlari do‘koni bilan hamkorlikda o‘tkazildi va o‘ziga xos, samimiy muhit yaratdi.

Maxsus format: Open Day faqatgina akademik litsey o‘quvchilari uchun tashkil etildi. Shunga qaramay, tadbirga 200+ mehmon tashrif buyurib, universitet hayoti bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldi.

Mehmonlarni nimalar kutdi?
— Kampus bo‘ylab ekskursiya
— Mini o‘yinlar va tanlovlar
— Qiziqarli uchrashuvlar
—Toshkent shahridagi Adju universitet va iMart’dan esdalik sovg‘alari

Bu kun o‘quvchilar uchun nafaqat manfaatli, balki juda ko‘tarinki ruhda o‘tdi.

Eng qizig‘i hali oldinda!

Tez orada keng omma uchun katta Open Day rejalashtirilmoqda. Bu imkoniyatni o‘tkazib yubormaslik uchun ijtimoiy tarmoqlarimizni kuzatib boring!