Marosim harbiy orkestr ijorisi ostida O‘zbekiston, Koreya va Adju universiteti bayroqlarining kiritilishi bilan boshlandi, shundan so‘ng ikki davlat va universitet madhiyalari yangradi. Davlat idoralari vakillari, Adju universiteti prezidenti janob KeeChoo Choi va Toshkent shahridagi Adju universiteti rektori prof. G. Muratov tabrik nutqlari bilan chiqish qildilar.
Tadbirning eng yorqin lahzalari universitetning 400 ga yaqin bitiruvchilariga diplomlar topshirish, "Eng a’lochi talaba" va "Eng faol talabalar" nominatsiyalari bo‘yicha faxriy mukofotlarni taqdim etish bo‘ldi. Shuningdek, Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan maxsus mukofot ham topshirildi.
Bayramona kayfiyat yorqin musiqiy dastur va umumiy suratga tushish bilan davom etdi. Bu esa ushbu tarixiy kunning go‘zal yakuniga aylandi!