Tanlovning asosiy mavzusi texnologik startaplar va ularning zamonaviy tadbirkorlikdagi o‘rni edi. Hakaton JAR, Shimoliy Afrika mamlakatlari, Indoneziya, Malayziya va boshqa davlatlardan kelgan jamoalarni bir joyga to‘pladi. Toshkent shahridagi Adju universiteti talabalari ham o‘z loyihalarini taqdim etishdi va ularning innovatsion g‘oyasi hakamlar hay’ati tomonidan yuqori baholandi.
Tadbir bayramona va do‘stona muhitda o‘tib, mehmonlar va ishtirokchilarda yorqin taassurotlar qoldirdi.