Bugun, 16-iyul kuni Malayziyaning Sultan Idris Pendidikan (UPSI) universiteti vitse-prezidenti janob Helmi Zaifura bin Abdul Rahman rahbarligidagi delegatsiya Adju universitetiga tashrif buyurdi.
Universitet rektori prof. G.Muratov bilan boʻlgan muloqatda Toshkent shahridagi Adju universitetida ikki davlat oliy taʼlim muassasalari hamjamiyatining vakolatxonasini ochish masalasi muhokama qilindi. Bundan tashqari, uchrashuvda Adju va UPSI universitetlari oʻrtasidagi hamkorlik aloqalariga ham to'xtalib o'tildi. Tomonlar talabalar almashinuvi, qoʻshma xalqaro konferensiyalar tashkil etish va master-klasslar oʻtkazish kabi masalalariga alohida eʼtibor qaratdilar.
Tashrif davomida mehmonlar universitetda yaratilgan sharoitlar, shuningdek vakolatxona uchun ajratilgan ofis binosi bilan yaqindan tanishdilar.