Tashrif dasturi doirasida ekologik tashabbuslarning ahamiyatini ta’kidlovchi ramziy daraxt ekish marosimi, universitetning innovatsion loyihalari bilan tanishish va zamonaviy kampus bo‘ylab sayr uyushtirildi. Ta’lim muhitini rivojlantirish va ilg‘or akademik dasturlarga alohida e’tibor qaratildi.
Tashrif yakunida ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazilib, unda hamkorlik istiqbollari muhokama etildi. Asosiy mavzular qatorida qo‘shma ilmiy tadqiqotlar, akademik tajriba almashish hamda talabalar va o‘qituvchilar uchun yangi imkoniyatlar yaratish masalalari ko‘rib chiqildi. Ishtirokchilar madaniyatlararo muloqotni mustahkamlash va ilmiy sohadagi hamkorlikni rivojlantirishning muhimligini ta’kidlab o‘tdilar.