Malayziyaning Pendidikan Sultan Idris universiteti bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatildi
Toshkent shahridagi Adju universiteti delegatsiyasining Pendidikan Sultan Idris universitetiga tashrifi ikki nufuzli muassasa o‘rtasida chuqur hamkorlik aloqalarini rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.
Tashrif chog‘ida, Prorektor B.Qo‘chqorov Pendidikan Sultan Idris universitetining prezidenti janob Md Amin bin Md Taff bilan kelgusidagi hamkorlik tadbirlarini amalga oshirish rejalari muhokama qilindi. Tomonlar kelgusi oyda o‘zaro anglashuv memorandumini imzolash bo‘yicha muzokaralar olib borishga kelishib oldi.