Toshkent shahridagi Adju universiteti Malayziyadagi APU universiteti bilan o'zaro hamkorlikni yo'lga qo'ymoqda
Prorektor Bahodir Qo'chqorov rahbarligidagi Toshkent shahridagi Adju universiteti delegatsiyasi Malayziyaning APU universitetiga tashrif buyurdi. Ular APU vitse-kantsleri o'rinbosari, Professor TS. Doktor Murali Raman boshchiligidagi rahbariyat jamoasi bilan uchrashuv o’tkazdi.
Uchrashuvda Toshkent shahridagi Adju universiteti va APU universiteti bilan akademik sohaning turli jabhalarida keng qamrovli hamkorlikni yo'lga qo'yish, tadqiqot tashabbuslaridan tortib, talabalar almashinuvi dasturlari muhokama qilindi.
Tadbir yakunida ikki universitet rasmiylari tomonidan o'zaro anglashuv Memorandumi imzolandi.