Kecha 7-may kuni Toshkent shahridagi Adju universitetiga Germaniya Federativ Respublikasining nufuzli Anxalt amaliy fanlar universitetining prezidenti janob Yorg Bagdan tashrif buyurdi. Tashrif davomida ikki oliy taʼlim muassasasi oʻrtasidagi memorandum doirasidagi hamkorlikni jadallashtirish masalalari keng muhokama qilindi.
Jumladan, Universitet rektori G.Muratov, birinchi prorektor, dekanlar ishtirokidagi uchrashuvda Anxalt amaliy fanlar universiteti delegatsiyasi bilan ilm-fanni rivojlantirishda oʻzaro hamkorlikni yanada izchil davom ettirishga kelishib olindi. Bundan tashqari, Adju universitetining iqtidorli bitiruvchi talabalarini Anxalt universitetida magistratura bosqichida oʻqish masalasi kun tartibidan oʻrin oldi.
Yigʻilishda universitetlar oʻrtasida hamkorlikni jadalashtirish va akademik almashinuvni rivojlantirish boʻyicha oʻzaro majburiyatlar qayd etildi. Ushbu tashshrif taʻlim sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish, talabalar va professor-oʻqituvchilar uchun imkoniyatlarni yaratish yoʻlidagi muhim bosqich ekanligini eʼtirof etish mumkin.