Joriy yilning 2-may kuni Adju universiteti faollar zalida “Talabalar xavfsizligi” kuni o‘tkazildi.
Tadbirda Yashnobod tuman IIB FMB boshlig‘i podpolkovnik O.A.Karimxodjayev, tuman hokimligi va universitet xodimlari, talabalar ham ishtirok etdi.
Bugungi kunda talabalar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini samarali tashkil etish, ularning belgilangan kiyinish madaniyatiga rioya qilgan holda darslarga qatnashishi, dars mashg‘ulotlariga zararli narsalar olib kelmasligi alohida ta’kidlab o‘tildi.
Qolaversa, endilikda talabalarning huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan madaniy-ma’rifiy va sport tadbirlari tashkil etiladigan bo‘ldi. Va bu tashabbus mahalla faollari, nuroniylar, yoshlar yetakchilari hamda profilaktika inspektorlari bilan hamkorlikda o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.