Avval xabar berganimizdek ayni kunlarda Toshkent shahridagi Adju universitetining matematika fanidan(ingliz tilida) viloyatlarda bitiruvchi o‘quvchilar uchun fan olimpiadasi o‘tkazilmoqda. Xususan, Davlatobod tumanidagi 92-umumta’lim maktabida o‘tkazilgan fan olimpiadasida viloyatning barcha tumanlaridan 230 nafardan ortiq bitiruvchi o‘quvchilari ishtirok etishdi.
Ochilish marosimida Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari va Adju universiteti professorlari so‘zga chiqishdi.
Olimpiada so‘nggida ishtirokchilarga Toshkent shahridagi Adju universiteti rektorining tabrik xati topshirildi.