Adju universitetining navbatdagi olimpiadasi Navoiy viloyatida o‘tkazildi
Xabaringiz bor, shu kunlarda respublikamiz bo‘ylab bitiruvchi o‘quvchilar o‘rtasida Adju olimpiadasi o‘tkazilmoqda. Navbatdagi manzil esa Navoiy viloyati bo‘ldi.
Ochilish marosimida ishtirok etgan Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Ra’no Hayitova va Qurilish muhandisligi fakulteti dekani Yung Seok Shin so‘zga chiqib ishtirokchilarga universitet haqida batafsil ma’lumot berdi hamda bugungi kunda muhandislik kasbi Vatanimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shadigan soha ekanligini ta’kidlab o‘tishdi.
Ingliz tilida o‘tkazilgan ushbu olimpiadada 300 nafardan ortiq bilimdonlar ishtirok edi.
Tadbir so‘nggida har bir ishtirokchiga universitet rektori Gayrat Muratovning maxsus tashakkurnomasi hamda esdalik sovg‘alar topshirildi.