icon

Pochta:

info@ajou.uz
icon

Qo'ng'iroqlar markazi

+998 71 207-65-25
+998 71 207-65-27

Nukus shahrida Adju olimpiadasi o‘tkazildi

Blog Details

Nukus shahrida Adju olimpiadasi o‘tkazildi

Nukus shahrida Adju olimpiadasi o‘tkazildi

7-aprel kuni Adju universiteti hamda  Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda Nukus shahridagi 17-umum ta’lim maktabida Matematika fanidan ingliz tilida fan olimpiadasi bo‘lib o‘tdi. 

Olimpiada O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikalarining madhiyalari sadolari ostida boshlandi. 

So‘ngra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Gulistan Kojabayeva so‘zga chiqib olimpiada ishtirokchilariga omad tiladi.

Shuningdek, tadbirda Toshkent shahridagi Adju universiteti O‘quv ishlari bo‘yicha direktori Lee Sang Hyon, hamda Qurilish muhandisligi fakulteti dekani Yung Seok Shin so‘zga chiqib ishtirokchilarga universitet haqida ma’lumot berishdi. 

Olimpiadada Qoraqalpog‘iston Respublikasining barcha tumanlaridan 230 nafarga yaqin bitiruvchi sinf o‘quvchilari qatnashishdi. 

Tadbir so‘nggida ishtirokchilarning har biriga Toshkent shahridagi Adju universiteti rektorining tabrik xati topshirildi.