icon

Pochta:

info@ajou.uz
icon

Qo'ng'iroqlar markazi

+998 71 207-65-25
+998 71 207-65-27

Adju universitetida Navro‘z shodiyonalari o‘tkazildi

Blog Details

Adju universitetida Navro‘z shodiyonalari o‘tkazildi

Adju universitetida Navro‘z shodiyonalari o‘tkazildi

Toshkent shahridagi Adju universitetida “Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!” shiori ostida bayram sayli o‘tkazildi. Tadbirni universitet rektori G.Muratov ochib berdi hamda barchani bayram bilan qutladi. Erta tongdan dosh qozonlarda sumalak tayyorlandi, milliy kuy-qo‘shiqlar jo‘rligi barchaga o‘zgacha kayfiyat ulashdi.

Tadbir davomida talabalar o‘rtasida o‘tkazilib kelinayotgan sport musobaqalarining g‘oliblari munosib taqdirlandi hamda boshqa bir qancha nominatsiyalar bo‘yicha ham o‘zaro bellashishdi. Xususan, milliy taomlarimiz uchun o‘tkazilgan tanlovda ham ko‘plab talabalar mukofotlandi.

Mehr-sahovat bayrami bo‘lmish ushbu tadbir so‘nggida “Hosiyatli” mahalla fuqarolar yig‘ini nuroniylari uchun iftorlik dasturxoni yozildi. Qolaversa, universitet rahbariyati tomonidan ehtiyojmand oilalarga maxsus sovg‘alar topshirildi.