Ayni kunlarda Toshkent shahridagi Adju universiteti rektori Gʻayrat Muratov Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi delegatsiyasi tarkibida ikki davlat oliy ta’lim muassasalari rektorlarining ikkinchi forumini o‘tkazish masalalarini muhokoma qilish maqsadida Koreyada xizmat safarida bo‘lib turibdi.
Ushbu tashrif davomida Adju universiteti prezidenti janob Keeshoo Choi hamda Koreya Respublikasining Adju universiteti professori, Toshkent shahridagi Adju universiteti loyihasi rahbari Han Ho bilan uchrashuvlar belgilangan. Qolaversa, Koreya Respublikasida ta’lim olayotgan o‘zbekistonlik talabalarning sharoiti bilan tanishib, ular bilan suhbatlar o‘tkazish ham ko‘zda tutilgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning 28-29-mart kunlari ikki davlat rektorlarining birinchi forumi Toshkent shahrida tashkil qilingan edi.