Koreyalik talabalarga o‘zbek palovini pishirish jarayoni ko‘rsatildi
Bugun, Toshkent shahridagi "Rishton" choyxonasida Koreya Respublikasidan kelgan talabalarga milliy taomimiz palovni pishirish jarayoni ko‘rsatildi.
Mahoratli oshpazlar
Anvar Iminoxunov, Azamat Abduxalilovlar tomonidan tayyorlangan farg‘onacha oshning mazasi, milliy kuy-qo‘shiqlarimiz mehmonlarga manzur bo‘ldi.
Qolaversa, ularga dunyoga mashhur Rishton milliy kulolchilik maktabi mutaxassislari tomonidan mahorat darsi ham o‘tildi.