Koreyalik talabalar uchun tarixiy majmualarimizga ekskursiya tashkil etildi
Koreya Respublikasidagi Adju universiteti talabalari “Xalqaro qishki maktab — 2024” dasturi doirasida Hazrati imom majmuasi, O‘zbekiston davlat tarixi muzeyi hamda Toshkent teleminorasi bilan yaqindan tanishdi.
Ushbu ekskursiya davomida yurtimizning boy tarixi, dunyo hamjamiyatiga qo‘shgan hissasi haqida qiziqarli ma’lumotlar berib borildi.
Bugun, ular ekskursiyani Samarqand shahrida davom ettirmoqda.