Toshkent shahridagi Adju universiteti qoshida "Energetika bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash markazi” ochildi
Bugun, 28-noyabr kuni Toshkent shahridagi Adju universiteti qoshida "Energetika bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash markazi”ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unda Koreya Energetika Agentligi, Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi, O‘zbekiston Respublikasi, Koreya iqlim o‘zgarishi instituti, Energetika vazirligi hamda universitet rahbariyati va talabalari ishtirok etdi.
Xususan, markaz yurtimizda energetika sohasidagi mutaxassislarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash maqsadida qisqa muddatli o‘quv kurslarini tashkil qiladi. Tadbir davomida mehmonlar zamonaviy texnologiyalar asosida jihozlangan o'quv markazning qulayliklari bilan tanishishdi.
Ta’kidlash joizki, Adju universiteti yurtimizda yashil iqtisodiyot hamda energetika sohasiga salmoqli hissa qo‘shishni o‘z oldiga maqsad qilib, yanada o‘zaro hamkorlik loyihalarni yo‘lga qo‘yishni davom ettiradi.