Adju universiteti yosh sportchilarni qo‘llab-quvvatlamoqda
Xabaringiz bor, Adju universitetining sport kompleksida yosh gimnastikachilar uchun to‘garak tashkil etilgan. Ushbu to‘garak a’zolari doimiy ravishda musobaqalarda ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritib kelmoqda.
Kechagina Ozorboyjonda o‘tkazilgan xalqaro turnirda ham yettida mamlakat jamoalari ichida 1 ta oltin, 1 ta kumush hamda 1 ta bronza medallarini qo‘lga kiritib, jamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egallashdi.
Adju jamoasi sportni doimiy ravishda targ‘ib qilish hamda qo‘llab-quvvatlashni o‘zining korporativ ijtimoiy mas’uliyati deb biladi.