“II — arxitektura vorkshopi” o‘z yakuniga yetdi
17-noyabr kuni Toshkent shahridagi Adju, Toshkent arxitektura-qurilish hamda Puchon universitetlarining talabalari o‘rtasida tashkil etilgan “II — arxitektura vorkshopi” yakunlandi.
O‘tgan hafta davomida uchta oliy ta’lim muassasalarining arxitektura yo‘nalishida o‘qiyotgan talabalar “Toshkent suv havzalarining mustahkam qirg‘oqlari dizayni” mavzusida bellashdilar.
Ayni damda Adju universitetida yig‘ilgan ushbu vorkshop ishtirokchi va g‘oliblari tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.