Adju universiteti iqlim o‘zgarishining oldini olish loyihasida ishtirok etadi
Toshkent shahridagi Adju universitetiga Koreyaning Inxa universiteti professori Kim Jung Ho tashrif buyurdi hamda bugungi kunda dunyoda iqlim o‘zgarishi global muammolardan biri ekanligi to‘g‘risida muloqot bo‘lib o‘tdi. Muloqot doirasida aynan iqlim o‘zgarishining Markaziy Osiyoga ta’siri alohida ta’kidlanib o‘tildi.
Uchrashuvda professor Kim Jung Ho Koreya hukumati tomonidan moliyalashtirilayotgan "Markaziy Osiyoda iqlim o‘zgarishi va iqlim o‘zgarishini oldini olish" loyihasida Toshkent shahridagi Adju universiteti ham ishtirok etishini ma’lum qildi. Loyiha doirasida universitet talabalari tomonidan iqlim o‘zgarishi oqibatlarini oldini olish va yumshatish masalalariga doir ilmiy izlanishlari hamda loyihalari qo‘llab- quvvatlanishi ta’kidlandi.
Uchrashuv so‘nggida "Markaziy Osiyoda iqlim o‘zgarishi va iqlim o‘zgarishini oldini olish" loyihasini maqsadli hamda samarali amalga oshirish to‘g‘risidagi hamkorlik memorandumi rasmiylashtirildi.