Bugun 23-oktabr kuni Adju universitetining (Koreya Respublikasi) bir guruh rahbar hodimlari Toshkent shahridagi Adju universitetiga tashrif buyurdi.
AUT loyihasi rahbari janob Ho Han boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Adju universitetining (Koreya Respublikasi) vitse prezidentlari Mincheol Kang va Jeong-Houn Son, bo'lim boshliqlari Jeong Yong va Ju A Chang Universitet faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Universitet rektori G. Muratov bilan bo’lgan uchrashuvda Toshkent shahridagi Adju Universiteti faoliyatini yanada izchil yo‘lga qo‘yish, hamkorlikni tizimli rivojlantirish va boshqa bir qancha istiqbolli masalalar muhokoma qilindi.