Shvetsariya davlatining Arxitektura Muzeyining vakili Yuma Shinohara tomonidan Adju talabalari uchun mahorat darsi o'tkazildi.
Professor Yuma Shinohara talabalarga Shvetsariya muzeyining tajribalari va faoliyati bilan o'rtoqlashdi. Ma'ruza qiziqarli faktlar, misollar va ilhomlantiruvchi g'oyalardan tashkil topdi.
Tadbir davomida, Shvetsariya Arxitektura Muzeyi direktori janob Andra Ruby ishtirokida tashkilotlar o'rtasida hamkorlik memorandumi rasmiylashtirildi.