Toshkent shahridagi Adju universitetida talabalarning darsdan boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish maqsadida yetarli sharoitlar yaratilgan. Bugungi kunda 10 ta klub-toʻgaraklar “Talabalar uyushmasi” rahbarligida faoliyat yuritmoqda.
Bundan tashqari universitetdagi oʻndan ortiq sport klublarida yuzlab talabalarimiz sport bilan muntazam shugʻullanmoqda.
Bugun 21-sentabr kuni yangi oʻquv yili uchun klublar faoliyati taqdim qilish uchun “Clubs day” tadbiri oʻtkazildi. Tadbirda barcha klublar oʻz faoliyatini taqdimot qildi. Oʻz navbatida talabalar oʻzlari qiziqqan klublarga aʼzo boʻlish imkoniyatiga ega boʻldi.