Bugun, 19 iyun kuni Toshkent shahridagi Adju universiteti va AQSHning Markaziy Florida universiteti bilan bilan anglashuv memorandumi imzolandi.
Ushbu hujjatda oliy taʼlim muassasalari oʼrtasida umumiy manfaatga doir masalalar yuzasidan maʼlumotlar, tajriba va amaliyot almashish, hamkorlikda ilmiy maqolalar tayyorlash va ularni nashr qilish, konferentsiyalar, seminarlar, professor-oʼqituvchilar va talabalar almashuvi dasturlarini yoʼlga qoʼyish koʼzda tutilgan.
Markaziy Florida universiteti professori Mohamed Abdel-Aty universitetimizga tashrifi davomida yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, talabalar bilan ham qizg’in suhbat o’tkazdi.